Noqonuniy foaliyat o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi

19/07/2024

2024-yilning 17-iyul kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Jizzax viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Jizzax viloyati boshqarmasi, hamda viloyat Prokuraturasi xodimlari hamkorligida tuzilgan tezkor guruh tomonidan Jizzax viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Sangzor daryosi va soy o‘zanlaridan hamda viloyatning boshqa hududlarida noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd tadbiri davomida, Baxmal tumani Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan oqib o‘tuvchi Abdumajid va Naychupsoy soylari ozanidan fuqarolar A.A va N.M tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olinayotganligi hamda fuqaro N. X tomonidan hech qanday ruxsatnomalarsiz o‘rmon xo‘jaligi yerlarni surish, qazish va tekislash ishlarini amalga oshirayotganligi aniqlandi.

Huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolar A.A. va N.M. hamda N.X. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 70-moddasi 1-qismi va 82-moddasi 2-qismlariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 3 nafar fuqoroga 10 880 000 000 (on million sakkiz yuz sakson ming)so‘m miqdorida jarima qollanilib, jarimalar undirib olindi.

Shu bilan birga, olib borilayotgan tezkor reyd tadbirlari davomida Paxtakor tumani hududida muqaddam zovur (kollektor) dan hosil bo‘lgan lessimon jinsli (tuproq)ni fuqaro J.P. tomonidan noqonuniy ravishda qazib olayotganligi holati aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan qonuniy ravishda jazo ta’sir chorasini qo‘llash maqsadida, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 701-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 3,740,000 (uch million yetti yuz qirq ming) so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Yuqoridagi kabi nazorat reyd tadbirlari tezkor guruh tomonidan viloyatning qolgan tumanlarida ham davom etmoqa.