Viloyatlarda monitoring o‘lchov ishlari yakunlandi

03/04/2024

Avval xabar berganimizdek, 2024-yilning 24-mart kunidan 31-mart kuniga qadar “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryo o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi bo‘yicha imzolangan shartnomalarning “Kalendar grafigi”ga asosan mart oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmini o‘lchov ishlari va o‘zan tozalash jarayoni monitoringi Respublikamizning barcha viloyatlardagi jami 297 ta uchastkalarda amalga oshirildi.

Jumladan:

Andijon viloyatida 16 ta;

Farg‘ona viloyatida 6 ta;

Jizzax viloyatida 12 ta;

Namangan viloyatida 40 ta;

Navoiy viloyatdai 12 ta;

Qashqadaryo viloyatida 20 ta;

Samarqand viloyatida 14 ta;

Surxondaryo viloyatida 37 ta;

Sirdaryo viloyatida 47 ta;

Toshkent viloyatida 88 ta;

Xorazm viloyatida 5 ta.

Yuqorida sanab o‘tilgan viloyatlarda amalga oshirilgan monitoring ishlariga “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyat boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy bo‘linmalari mas’ul hodimlari jalb qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi bo‘yicha tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Monitoring, o‘lchov va nazorat ishlarini olib borish davomida, uchastkalarda tadbirkorlik subyektlarining qum-shag‘al materiallarini qazish faoliyati o‘rganilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga mutaxassislar tomonidan loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablariga rioya etgan holda o‘zan tozalash ishlarini olib borilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va ogohlantirishlar berildi.