TAYINLOV.

27/12/2023

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 2023-yil 25-dekabrdagi 413-K–sonli buyrug‘i bilan Kayumov Rahmatulla Tuxsanovich “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 
R.Kayumov 1956-yil 15-avgustda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Oilali, 2 nafar farzandi bor.
Mexnat faoliyati:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligida bo‘lim boshlig‘i.
«Vaqt» Milliy depozitariysida bosh direktor.
O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma korxonasi «Investstroy» AJ (Rossiya)da bosh direktori lavozimlarida ishlagan.