Tarix va ma’rifat maskanida

08/09/2026

 “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish“ davlat muassasasi xodimlari uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan muassasa rahbari boshchiligida poytaxtimizning eng mahobatli maskanlaridan biri —Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

 Ekskursiya davomida xodimlar muzey fondidan joy olgan tarixiy va ilmiy ekspozitsiyalar, Islom olami va ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning hayoti va islom sivilizatsiyasining rivojlanish tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Markaz binosining noyob meʼmoriy yechimlari, milliy naqshinkorlik sanʼati va markazning ichki muhitidan katta taassurot olishdi.

 Ushbu tashrif xodimlar uchun nafaqat madaniy hordiq, balki boy tariximiz va ajdodlarimiz merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berdi.