Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va "Xavfsiz daryo boshqarmasi" Davlat muassasasi ishtirokida Toshkent viloyatida "Tungi reyd" olib borildi.

25/09/2023

Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va "Xavfsiz daryo boshqarmasi" Davlat muassasasi ishtirokida Toshkent viloyatida tashkil qilingan tungi reyd natijasida ko‘ra, "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi va tadbirkorlik subyekti o‘rtasida tuzilgan shartnomaning muddati tugaganligiga qaramasdan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida noqonuniy tarzda qum-shag‘al materiallari 1 ta ekskovator orqali qazib olinib 2 ta yuk mashinasi yordamida uchastkadan olib chiqilayotgan vaqtda, Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi, Eco patrul hamda Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida, yuk mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilib, inspeksiya tomonidan noqonuniy tarzda qum-shag‘al materiallarini qazib olayotgan tadbirkorga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rildi.