Sherobod daryosi o‘zanining xalqaro M-39 avtomobil yo‘liga ko‘rsatayotgan ta'siri o‘rganilib ta'mirlash ishlari olib borildi
11/12/2024
Avval habar berganimizdek, Surxondaryo viloyati Sherobod tumani "Guliston" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sherobod daryosi o‘zanining xalqaro M-39 avtomobil yo‘liga ko‘rsatayotgan ta'siri bo‘yicha bir qator mutasaddi tashkilotlarning xodimlaridan iborat ishchi guruh ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilgan edi (https://t.me/suvxojaligimexanizm/1009).
O‘rganish yakunida, "Guliston" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sherobod daryosini qirg‘og‘iga daryo suvlarining yillar davomida ta'siri hamda sel suvlarini kelishi oqibatida daryo oqimi bòylab qirg‘oq yemirilishi yuz berib, buning natijasida avtomobil yo‘lining asfalt qoplamasigacha bòlgan hudud yemirilib ketganligi aniqlangan edi.
Muammoni bartaraf etish maqsadida, Sherobod tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan avtomobil yo‘lining asfalt qoplamasi bilan birga hududda qirg‘oq musthkamlash ishlari hamda “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi bilan daryo o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan “Kafolat” MChJ tomonidan sel-suv toshqinlarini oldini olish maqsadida daryo o‘zanini tozalash hamda suv oqimini o‘zanni o‘rtasiga yo‘naltirish ishlari olib borildi.
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi tadbirlar orqali, daryo qirg‘og‘iga yaqin joylashgan aholi xo‘jaliklarini va qishloq xo‘jalik yerlari himoya qilinib yuzaga kelgan xavf bartaraf etiladi.