Diqqat E'lon!
07/08/2025
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani “Ko‘kyor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Podshootasoy soyi o‘zanidagi 3-sonli uchastkada o‘zan tozalash ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish huquqini tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish maqsadida "E-Auksion" savdo platformasida 14-avgust kuni savdo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zan tozalash huquqining boshlang‘ich narxi 208 852 000.00 so‘m etib belgilangan.
Mazkur uchastkada o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish muddati 2028-yil 1-iyulgacha etib belgilangan.
Loyiha hujjatlari bo‘yicha belgilangan qum-shag‘al materiallari zahirasining tahminiy hajmi: 20 906,50 metr kubni tashkil qiladi.
Loyihani belgilangan maqsadi: Suv toshqini mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlarini Podshootasoy soyidan talofatsiz o‘tkazish, qirg‘oqlar yuvilishini hamda qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olishdan iborat.
Uchastka ma’lumotlari bilan batafsil tanishish uchun: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=16630269