Viloyatlarda oylik o‘lchov monitoring ishlari boshlandi

22/01/2025

 “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryolar o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi to‘g‘risida imzolangan shartnomalarning “Kalendar grafigi”ga asosan yanvar oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi bo‘yicha o‘lchov ishlari va o‘zan tozalash jarayoni monitoringi amalga oshirilmoqda.

 Ushbu tadbirlarga, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi, Suv xo‘jaligi vazirligi viloyat boshqarmalari  hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy bo‘linmalari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyat boshqarmalari mas’ul xodimlari jalb qilindi.

 

Ular tomonidan Toshkent, Navoiy, Samarqand, hamda Namangan viloyatlaridagi uchastkalarda daryo o‘zanlarini tozalash ishlari bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda shartnomaning “Kalendar grafigi”da belgilangan yanvar oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi o‘lchanib, tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Shu bilan birga, uchastkalarda nazorat o‘lchov ishlarini olib borish jarayonida, o‘zan tozalash jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga mutaxassislar tomonidan loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya etgan holda o‘zan tozalash ishlarini olib borilishi yuzasidan ogohlantirish va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Yuqoridagi kabi nazotat o’lchov ishlari Respublikamizning boshqa viloyatlarida ham reja-grafik asosida davom ettiriladi.