Hududlarda noqonuniy ravishda olib borilayotgan faoliyatga chek qo‘yildi.

16/11/2023

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Samarqand va Sirdaryo viloyatlari boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Viloyat prokraturasi hamda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi hududiy hodimlari ishtirokida daryolar o‘zanlarida reydlar olib borildi.

Reyd davomida, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Mevazor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Oqdaryo daryosidan fuqaro S.F. tomonidan o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskovator yordamida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasini qazib olayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Guliston tumani hududidan oqib oʻtuvchi Sirdaryo daryosining qirg‘og‘idan fuqaro  A.T.  tomonidan noqonuniy ravishda qum yuklash, tashish va sotish bilan shug‘ullanayotganiligi aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, ba’zaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanildi.