Hududlarda uchastkalarning chegara nuqtalarini belgilovchi ustun beton qoziqlar o‘rnatish ishlari davom etmoqda
23/07/2024
Habar berib borayotganimizdek, viloyatlarda toshqin mavsumida hududlardan oqib o‘tuvchi daryo va soylarning o‘zanida suv sathining ko‘tarilishi sel suv toshqini oqibatida o‘zan tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalarda yuvilgan hamda jabrlangan beton qoziqlar qayta o‘rnatilib, bannerlar yangilanmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati Pop tumani A-373 Qamchiq avtomabil yo‘li hududidan oqib o‘tuvchi “Qamchiqsoy” soyi o‘zanidagi “ Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi”davlat muassasasi hamda Surxondaryo viloyati Oltinsoy va Denov tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Oltinsoy daryosi o‘zanidagi “Xusni Erkinov bog‘i” FXlarga biriktirilgan uchastkalarda faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablariga rioya etilishi nazorat qilinib shuningdek, uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorlik subyektiga ko‘rsatilib, uchastkalarning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton ustun qoziqlar o‘rnatildi.
Qolgan hududlarda ham daryo va soylar o‘zanidagi burchak chegarasini belgilovchi beton ustun qoziqlar va bannerlarni o‘rnatish ishlari “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi xodimlari boshchiligida olib borilmoqda.