Qashqadaryo viloyatida aholi murojaati o‘rganildi.

17/11/2023

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga Ko‘kdala tumani “Chuvilloq” MFY Chuvilloq qo‘rg‘onidan oqib o‘tuvchi Qumdaryo daryosidan noqonuniy ravishda o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanish holati to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Murojaatda keltirilgan vajlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani bo‘limi boshlig‘i J.Qurbonov, Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘limi hodimi X.Jomurodov, Viloyat atrof-muhitni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Salomov hamda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Qashqadaryo viloyati mutaxassisi N.Nomozovlar ishtirokida “Chuvilloq” MFY Chuvilloq qo‘rg‘onidan oqib o‘tuvchi Qumdaryo daryosi o‘zanidagi uchastkaga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur uchastka bo‘yicha “E-AUKISON” yagona elektron savdo maydonchasida g‘olib deb topilgan “QUM KERAMIKA INVEST” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi o‘rtalarida daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini amalga oshirish uchun 2021-yil 24-dekabr kuni XD-21/291-sonli shartnoma imzolanganligi aniqlandi.

Mutaxassislar tomonidan aholiga tadbirkorlik subyekti va “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi o‘rtalarida imzolangan shartnomaning mohiyati tushuntirildi. Ekologiya hodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektiga faoliyat olib borish jarayonida uchastka chegaralaridan tashqariga chiqmaslik va loyiha hujjatlari talablariga rioya qilish to‘g‘risida ogohlantirish berildi.