Ekologiya boshqarmasining buyruqlari bajarilmoqda

01/02/2024

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasi hamda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi viloyat bo‘linmasi xodimlari hamkorligida Uchqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylarda shartnoma asosida o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirib kelayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida Uchqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi o‘zanida faoliyat yuritib kelayotgan “Xumoyunmirzo Mohlaroyim” XK tomonidan o‘ziga biriktirilgan uchastka chegarasidan qisman chetga chiqqan holda o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirilayotganligi kuzatildi.

Ushbu holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan mazkur korxonada tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonini xabardor qiligan holda tekshirish o‘tkazildi.

Hozirda tekshirish yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar va rasmiylashtirilgan dalolatnoma qonuniy chora ko‘rilishi uchun sud organlariga ixtiyoriga topshirish chorasi ko‘rilmoqda.