Tayinlov !

11/11/2025

Sharopov Ravshan Rajabovich Suv xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Direktori lavozimiga tayinlandi.

Sharopov Ravshan 1978-yil 23-iyulda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U 1999-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (bakalavr), 2006-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (magistr), 2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda 2022-yilda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot Universitetini tamomlagan.

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga 25 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi”, “O‘zbekiston konstitutsiyasining 30 yilligi” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyati davomida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik boshqarmasining katta va yetakchi maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi Huquqiy masalalar bo‘yicha direktori, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi boshliq o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi direktorining o‘rinbosari, “Adolat” huquqiy axborot markazi direktorining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Yuridik boshqarmasi boshlig‘i, Yuridik xizmat va korrupsiyaga qarshi kurashish  boshqarmasi boshlig‘i, Yuridik xizmat va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i va boshqa  bir qator lavozimlarda ishlagan.

Sharopov Ravshan Rajabovich tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Yuridik bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.