Diqqat E'lon!

13/05/2026

Hurmatli hamyurtlar va tadbirkorlar!
 

2026-yil 19-may kuni “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi rahbariyati tomonidan tadbirkorlar uchun Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul tashkil etilishini ma’lum qilamiz.


 Faoliyatga doir o‘zingizni qiziqtirgan savollar, takliflar hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan fikrlaringiz bo‘lsa, sizni qabulga taklif etamiz.

O‘tkazilish joyi: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Xonobod ko‘chasi 19- uy. Qarshi Davlat Texnika universitetining B binosi.

Joylashuv: https://maps.google.com/maps?q=38.831284,65.801854&ll=38.831284,65.801854&z=16

Boshlanish vaqti: soat 11:00.

Ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar quyida keltirilgan aloqa raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin. +998 99 003 38 03

 Barcha tadbirkorlarni qabulda faol ishtirok etishga chorlaymiz!