Rasmiy xabar

12/09/2024

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida” 2024-yil 7-maydagi PF-74-son Farmoniga muofiq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi”davlat muassasasi negizida  Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida “Suv xo‘jaligida bozor mexanizimlarini joriy qilish”davlat muassasasi tashkil etildi.

Farmonga muofiq muassasaning asosiy vazifalariga quyidagi:

Suv obyektlaridan baliqchilik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

Suv xo‘jaligi obyektlarining sohil bo‘yi mintaqa zonalari auksion orqali ijaraga berilishini tashkil etish;

 Sohil bo‘yi mintaqalari bo‘yicha normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish;

Suv oqimlarini boshqarishda daryo o‘zanlari hamda qirg‘oqlaridan foydalanishni tartibga solish kabi qo‘shimchalar kiritildi.