Namangan viloyati hududidagi soy o‘zanini tozalash ishlarini olib borishni tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi
26/08/2025
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari hamda mutaxassislar tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumani “Zarkent” QFY hududidan oqib o‘tuvchi Podishootasoy soyi o‘zanidagi uchastkada ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan loyiha ishlarini atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida mahalla faollari ishtirokida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida mahalla faollari tomonidan soy o‘zanlarini tozalash bo‘yicha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyihalar bir ovozdan ma’qullandi.