Andijon viloyatida daryo o‘zanlarini tozalash faoliyati o‘rganildi.
09/10/2023
2023-yil 6-oktyabr kuni Andijon viloyati Prokraturasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Andijon viloyati bo‘linmasi xodimlari ishtirokida boshqarma va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida imzolangan shartnomalarga asosan Andijon tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi uchastkalarda o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida, tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryo o‘zanida qum-shag‘al materiallarini qazib olishda loyiha hujjatlari hamda davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilingan holda faoliyat olib borish hamda daryoga qurilish va maishiy chiqindilarni to‘kishga yo‘l qo‘ymaslik kabi holatlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.