Sirdaryo daryosi o‘zanida yana bir noqonuniy faoliyat to‘xtatib qolindi
08/07/2024
2024-yilning 5-iyul kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi markaziy apparati, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Toshkent viloyati boshqarmasi, xodimlari hamkorligida Toshkent viloyati hududidagi daryo va soy o‘zanlaridan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbiri davomida, fuqaro K.J. tomonidan o‘ziga tegishli texnikalar yordamida Bekobod tumani “Achamayli” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini olayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat bo‘yicha qonuniy ravishda jazo ta’sir chorasini qo‘llash maqsadida, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 701-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari 10 200 000,00 (o‘n million ikki yuz ming) so‘m miqdorida jarimaga tortildi.