Qonun hamma uchun barobar

15/02/2024

2024-yilning 12-fevral kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi  Surxondaryo viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiyasi hamda viloyat IIB YPX xodimlari hamkorligida tuzilgan tezkor guruh tomonidan Denov tumani “Arab” MFY hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soy o‘zanlaridan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd tadbiri davomida, fuqaro K.A. tomonidan o‘ziga tegishli texnikalar yordamida Denov tumani “Arab” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qizilsuv daryosi o‘zanidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini olayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan qonuniy ravishda jazo ta’sir chorasini qo‘llash maqsadida, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 701-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari ya'ni 10 200  000,00 (o‘n million ikki yuz ming ) so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 666-son qaroriga muvofiq, tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar 2 550 000,00 (ikkmillion besh yuz ellik mingso‘mni tashkil etganligi aniqlandi.

Shu bilan birga, joriy yilning 8-fevral kuni Sariosiyo tumanida olib borilgan nazorat reyd tadbiri davomida Sariosiyo tumani “Anorzor” MFY hududidan oqib  o‘tuvchi “Obizarang” daryosi qirg‘oqlaridan hech qanday ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan holda fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olinayotganligi aniqlandi.

Huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaro Q.X. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 701-moddasiga  asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarimaga tortildi.

Yuqoridagi kabi nazorat reyd tadbirlari tezkor guruh tomonidan viloyatning qolgan tumanlarida ham olib borilishi rejalashtirilgan.