TAYINLOV.
29/12/2023
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi boshlig‘ining 2023-yil 28-dekabrdagi 26K–sonli buyrug‘i bilan Norqulov Fazliddin Olim o‘g‘li “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Marketing, loyiha va auksion hujjatlarini tayyorlash bo‘limi bosh mutaxassis lavozimiga tayinlandi.
F.Norqulov 1997-yil 9-aprelda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Oilali, 1 nafar farzandi bor.
U bunga qadar “Narpay irrigatsiya tizimi boshqarmasi” davlat muassasasida muhandis-gidrotexnik, “Axborot-tahlil va resurs markazi” davlat muassasasida yetakchi mutaxassis, “Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” davlat muassasasida bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.