Diqqat E'lon!
14/02/2025
Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Sangraobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi
2-sonli uchastkada o‘zan tozalash ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish huquqini tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish maqsadida "E-Auksion" savdo platformasida 21-fevral kuni savdo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zan tozalash huquqining boshlang‘ich narxi 188 580 000,00 so‘m etib belgilangan.
Mazkur uchastkada o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish muddati 21-noyabr 2027-yilgacha etib belgilangan.
Loyiha hujjatlari bo‘yicha belgilangan qum-shag‘al materiallarini zahirasining tahminiy hajmi: 52 681,0 metr kubni tashkil qiladi.
Loyihani belgilangan maqsadi: Suv toshqini mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlarini Qoradaryo daryosidan talofatsiz o‘tkazish, qirg‘oqlar yuvilishini hamda qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olishdan iborat.