Xotira bor ekan – millat barhayot!

08/05/2026

Insonni inson qilib turadigan eng buyuk ne’matlardan biri — bu xotiradir. Xotira nafaqat o‘tgan kunlarning izini saqlaydi, balki kelajak sari yo‘l ko‘rsatadigan ma’naviy mayoq vazifasini ham bajaradi. Millatning umrboqiyligini ta’minlaydigan kuch — uning tarixiy xotirasi, ajdodlari qoldirgan merosi, boshidan kechirgan sinov va g‘alabalarini unutmasligidadir. Xotira qalblarda mangu yashaydi. Qahramonlar unutilmaydi.