Auksion savdolarida realizatsiya qilingan uchastkalar tadbirkorlarga topshirildi
15/11/2023
Auksion savdolarida daryolar o‘zanlarini tozalash ishlari loyihasini amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlariga qum-shag‘al materiallari qazib olinadigan uchastkalarni topshirish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Andijon, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida joriy yilning oktyabr va noyabr oylarida realizatsiya qilingan 15 ta uchastkaning chegaralari belgilanib, burchak nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar o‘rnatildi.
O‘z navbatida, tadbirkorlik subyektlariga uchastkada o‘zan tozalash jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilish hamda shartnoma shartlaridan chetga chiqmaslik to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.