Samarqand viloyatida uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borilmoqda.
05/12/2023
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi hamda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi hodimlari ishtirokida uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borilmoqda.
Shu jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-apreldagi 187-F sonli Farmoyishiga asosan “Xavsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va “Bog‘ishamol yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi” davlat muassasasi o‘rtalarida Samarqand viloyati Payariq tumani “Rivoj” MFY, Oqdaryo tumani “Mevazor” MFY hududlaridan oqib o‘tuvchi Oqdaryo daryosi o‘zanidagi uchastkada o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi uchun shartnoma imzolandi.
O‘z navbatida, realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari, uchastkaning muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorga ko‘rsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar qoqildi.
Holat bo‘yicha, taraflar o‘rtalarida uchastka topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmilashtirildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyekti rahbariga uchastkada faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilish hamda shartnoma shartlaridan chetga chiqmaslik to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.