Sirdaryo daryosi o‘zanidagi uchastkalar faoliyati ko‘zdan kechirildi

07/05/2025

Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston, Sayxunobod tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanidagi tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilingan uchastkalarda amalga oshirilayotgan o‘zan tozalash ishlari holati o‘rganildi.

O‘z navbatida, realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari ko‘zdan kechirilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar hamda loyiha parametrlarini o‘zida aks ettiruvchi bannerlar o‘rnatish ishlari olib borildi.