Surxondaryo daryosi mutaxassislar tomonidan o‘rganildi

12/02/2025

 2025-yilning 11-fevral kuni "Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi  Surxondaryo viloyati bo‘linmasi, Surxondaryo viloyati  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Gidrometeorologiya xizmati, Sho‘rchi tuman hokimiyati, Kadastr agentligi, Suv yetkazib berish DM hamda Sho‘rchi tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Oliy majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiya rahbarining 2025-yil 7-fevral kunidagi Sho‘rchi tumani "Laylakxona", "Xo‘shchekka", "Qo‘shtegirmon" va "Tamaddun" MFYlari hududidan oqib o‘tuvchi Surxondaryo daryosiga bahor-yoz mavsumida sel suvlarini qo‘shilishi natijasida daryo suvi ko‘tarilib, aholi xonadonlari, bino inshootlar hamda ekin maydonlarini suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelayotgani  to‘g‘risidagi xatiga asosan  o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida, Sho‘rchi tumani "Laylakxona", "Qo‘shtegirmon"  va "Tamaddun" MFYlari hududidan oqib o‘tuvchi Surxondaryo daryosida   sel-suv toshqini mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlarini talofatsiz o‘tkazish, qirg‘oqlar yuvilishini hamda qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida, tadbirga jalb etilgan mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yilning 12-sentyabrdagi "Noruda materiallarini qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida" 566-sonli qarori bilan Surxondaryo daryosida noruda materiallarini qazib olishga moratoriy joriy qilingan hududlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish hamda Surxondaryo daryosida o‘zan tozalash ishlarini olib borish lozimligi haqida xulosa va takliflar berildi.