Qoradaryodagi noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi

25/03/2024

2024-yilning 19-mart kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Andijon viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Andijon viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Depertamenti Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida noruda materiallarini noqonuniy ravishda qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.

Reyd tadbiri davomida, Andijon viloyati Baliqchi tumani “Serquyosh” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallari qazib olish holat aniqlandi.

Aniqlangan holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.