Surxondaryo viloyatida noqonuniy qum-shag‘al materiallari qazib olinayotgan uchastkalar auksion savdo maydonchasida realizatsiya qilindi.
27/09/2023
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Nurli diyor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Surxondaryo daryosi o‘zanidagi uchastkada noqonuniy tarzda qum-shag‘al materiallarini qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxsga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun 9 900 000 ( to‘qqiz million to‘qqiz yuz ming ) so‘m miqdorda jarima va 1 400 000 (bir million to‘rt yuz ming) so‘m atrof-muhitga yetkazilgan zarar jazo chorasi tayinlanganligi to‘g‘risidagi post e’lon qilingan. (https://xdduk.uz/new/29)
Mazkur uchastkada marketing ishlarini yo‘lga qo‘yilishi va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish ishlarini olib borilishi natijasida joriy yilning 25-sentabr kuni “E-auksion” elektron savdo maydonchasida uchastkada loyihani amalga oshirish huquqining boshlang‘ich narxi 144 916 800,00 (bir yuz qirq to‘rt million to‘qqiz yuz o‘n olti ming sakkiz yuz) so‘mni tashkil qilib, tadbirkorlik subyektiga 2 318 668 800,00 (ikki milliard uch yuz o‘n sakkiz million oltiyuz oltmish sakkiz ming sakkiz yuz) so‘mga realizatsiya qilindi.