Sangzor daryosi o‘zani uchuvchisiz qurilma (dron) yordamida nazorat qilinmoqda.
28/11/2023
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Xavfsiz daryo boshqarmasi va “ECOMEDIA” davlat muassasasi xodimlari ishtirokida Jizzax viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Sangzor daryosi o‘zanidan qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari uchuvchisiz qurilma (dron) yordamida o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida Xavfsiz daryo boshqarmasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida imzolangan shartnomalarga asosan 12 ta uchastkada o‘zan tozalash ishlari davomida uchastka chegarasidan tashqariga chiqmaslik hamda loyiha hujjatlarida belgilangan chuqurlikda qazish ishlarini olib borilganligi nazoratdan o‘tkazildi.
Dron yordamida nazorat olib borish jarayonida uch nafar fuqaro tomonidan hech qanday ruxsatnomalarsiz qum-shag‘al aralashmasini Zil rusumli yuk mashinasiga yuklab ketayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlar faoliyati joyida to‘xtatilib,qonuniy jazo ta‘sir chorasi qo‘llanilishi maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Jizzax viloyat inspeksiya xodimlari jalb etildi.