Fuqarolar murojaati qonoatlantirildi
19/06/2024
2024-yilning 11- iyun kuni Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “J.Mamanov” SIU hududidagi “Tabiiy ko‘l”ni tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan “Stroy Agro Opt” xususiy korxonasi tomonidan kunu-tun to‘xtovsiz qazish ishlari olib boriyatganligi va tadbirkorlik subyektiga tegishli bo‘lgan maxsus texnikalalar shovqini tungi vaqtda aholi tinchligini buzayotganligi to‘g‘risida, shuningdek, “Adolat” MFY “Uch kapa” ko‘chasi aholi yashash joyiga yaqin bo‘lgan hududga turli maishiy va qurilish chiqindilari tashlab ketilayotganligi to‘g‘risidagi shu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolardan murojaat kelib tushgan.
Murojaatda ko‘tarilgan masalani joyiga chiqib o‘rganish uchun jalb qilingan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Sirdaryo bo‘linmasi hamda Sirdayo tumani “Toza hudud” DUKning mas’ul xodimlari tomonidan murojaatni o‘rganish davomida aholining talab va e’tirozlari tinglanib, murojaatda ko‘rsatilgan hududdagi chiqindilar “Toza hudud” DUKning kuch va vositalari yordamida to‘liq bartaraf etildi.
O‘z navbatida, o‘rganishga jalb etilgan mutaxassislar tomonidan “Stroy Agro Opt” xususiy korxonasi rahbariyati va mas’ul xodimlariga ko‘ldan qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlarini sutkaning tungi soat 23:00 dan ertalabki soat 06:00 gacha bo‘lgan vaqtida olib bormaslik hamda ko‘lni tozalash ishlarini davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablari asosida olib borish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.