Hurmatli hamyurtlar va tadbirkorlar!
19/03/2026
2026-yil 25-mart kuni “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi rahbariyati tomonidan tadbirkorlar uchun Samarqand viloyatida sayyor qabul tashkil etilishini ma’lum qilamiz.
Faoliyatga doir o‘zingizni qiziqtirgan savollar, takliflar hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan fikrlaringiz bo‘lsa, sizni qabulga taklif etamiz.
O‘tkazilish joyi: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, “Gagarin” ko‘chasi 70- uy. Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi binosi 2-qavat Majlislar zali.
Boshlanish vaqti: soat 11:00.
Ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar quyida keltirilgan aloqa raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.
+998 93 724 08 84
Barcha tadbirkorlarni qabulda faol ishtirok etishga chorlaymiz!