Amaliy yechimlar sari yana bir qadam

20/04/2026

 

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi rahbari Ravshan Sharopov boshchiligida, muassasaning tegishli bo‘lim va yo‘nalishlar mutaxassislari ishtirokida Navoiy viloyati Navoiy shahrida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur tadbirda jismoniy hamda yuridik shaxslar vakillari faol ishtirok etib, ularning suv xo‘jaligi sohasiga oid murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida, sayyor qabullarni muntazam ravishda tashkil etish orqali hududlarda mavjud muammolarni bevosita joylarda o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish rejalashtirilgani qayd etildi.