Yo‘llangan murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda
29/04/2024
Joriy yilning 23-aprel kuni Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumani “Laylakxona” MFYda istiqomat qiluvchi M.Tashanov tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligiga murojaat yo‘llagan.
Murojaatda keltirilishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risidagi” PF-14-sonli Farmoniga asosan 2024-yilning 1-may sanasidan boshlab Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo daryolari o’zanlaridan noruda materallarini qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinganligi sababli, murojaatchi istiqomat qilayotgan Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Laylakxona” MFY hududi Surxondaryo daryosining chap qirg‘og‘ida joylashganligi sababli, sel-suv toshqini mavsumida qishloqda sel toshqini hodisasi yuzaga kelishi mumkunligi takidlangan.
Shu vaqtga qadar sel suv toshqini mavsumida, daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olinishi natijasida yuzaga kelishishi mumkin bo‘lgan sel toshqini hodisasini oldi olinib kelinayotganligi, biroq joriy yilning yog‘ingarchilik mavsumida yog’ingarchilik ko’p kuzatilganligi sababli, daryoda suv sathi har yilgidan yuqoriligi hamda Surxondaryo daryosi o’zanlarini tozalash jarayonida qum-shag’al materiallarini qazib olish ishlari to’xtatilsa, iyul- avgust oylari davomida tog’dagi qorlar erishi natijasida daryo suvi me’yoridan ancha yuqori bo’lishi keltirib o‘tilgan.
Yuqoridagi murojaatni o’rganish maqsadida “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Surxondaryo viloyati bo’linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida murojaat joyiga chiqqan holda o’rganildi.
O’rganish davomida, murojaatchi fikrlari tinglanib, murojaatchiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-14-son Farmoni tasdiqlangani hamda mazkur Farmon doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.