Har bir xabar -Tabiatni asrashga xizmat qiladi!

05/08/2025

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida" 2025-yil 22-iyuldagi 457-sonli qarori bilan:

  • yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash;
  • yer qa’ridan foydalanishda videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish;
  • yer qa’ridan foydalanish sohasida huquqbuzarliklar qayd etilgan video yozuvlarini  yuborgan shaxslarmi rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi.

 Qaror talablariga muvofiq, Tog‘- kon sanoati va geologiya vazirligi 2025-yil 1-avgustdan boshlab yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ularni yuborgan shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining "Geomonitoring" axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. 

 Qaror bilan batafsil tanishish uchun: https://lex.uz/uz/docs/-7642758