Sirdaryo viloyatida o‘zan tozalash ishlari jarayonida yuz berayotgan muommolar o‘rganildi.

26/09/2023

 

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev boshchiligida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Xavfsiz daryo boshqarmasi Davlat muassasasi boshlig‘i hamda viloyat ishchi guruhi tarkibida Sirdaryo viloyatida o‘zan tozalash ishlariga jalb qilingan tadbirkorlik subektlarining faoliyati o‘rganildi.

Sirdaryo viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosida Xavfsiz daryo boshqarmasi Davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida 46 ta uchastkada o‘zan tozalash ishlari olib borilmoqda. Tozalanishi lozim bo‘lgan uchastkalarning umumiy uzunligi 49,2 km ni tashkil qiladi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zan tozalash faoliyati olib borilayotgan uchastkalarda oqova suvlar tindirilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri daryoga oqizilayotganligi hamda neft va maishiy chiqindilar bilan ifloslantirilayotganligi kabi holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.