Diqqat E'lon!

14/02/2025

 Andijon viloyati Jalaquduq tumani “Teshiktosh” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi 3-sonli uchastkada o‘zan tozalash ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish huquqini tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish maqsadida "E-Auksion" savdo platformasida 21-fevral kuni savdo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zan tozalash huquqining boshlang‘ich narxi 221 530 400,00 so‘m etib belgilangan.

 Mazkur uchastkada o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish muddati 21-noyabr 2027-yilgacha etib belgilangan.

Loyiha  hujjatlari bo‘yicha belgilangan qum-shag‘al materiallarini zahirasining tahminiy hajmi: 46 443,0 metr kub ni tashkil qiladi.

  Loyihani belgilangan maqsadi: Suv toshqini mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlarini Qoradaryo daryosidan talofatsiz o‘tkazish, qirg‘oqlar yuvilishini hamda qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olishdan iborat.