Hurmatli yurtdoshlar!
29/08/2025
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi jamoasi nomidan siz azizlarni, mamlakatimiz hayotidagi eng ulug‘ va unutilmas sana — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi bilan chin dildan muborakbod etamiz!
Mustaqillik — bu yurt tinchligi, xalq ozodligi va milliy taraqqiyotning eng muhim tayanchi, bebaho ne’matidir. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda, jumladan, suv xo‘jaligi tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bevosita istiqlol tufayli vujudga kelgan mustahkam siyosiy va iqtisodiy asoslar natijasidir.
Hurmatli yurtdoshlar!
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz baxt-saodati yo‘lida tinimsiz mehnat qilayotgan barchangizga mustahkam sog‘lik tilaymiz.
Ona Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, istiqbolimiz porloq bo‘lsin! Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi jamoasi.