Diqqat E'lon!
07/05/2025
Andijon viloyati Andijon tumani "Toshmatov", "Omonov" va "Patiddinovlar" massivi hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi 9-sonli uchastkada o‘zan tozalash ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish huquqini tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish maqsadida hozirda "E-Auksion" savdo platformasida mavjud.
O‘zan tozalash huquqining boshlang‘ich narxi 138 706 400.00 so‘m etib belgilangan.
Mazkur uchastkada o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish muddati 2026-yil 16-avgustgacha etib belgilangan.
Loyiha hujjatlari bo‘yicha belgilangan qum-shag‘al materiallari zahirasining tahminiy hajmi: 116 740,5 metr kubni tashkil qiladi.
Loyihani belgilangan maqsadi: Suv toshqini mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlarini Qoradaryo daryosidan talofatsiz o‘tkazish, qirg‘oqlar yuvilishini hamda qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olishdan iborat.