5-iyun — Butunjahon atrof muhit kuni!

05/06/2024

Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1972 yil Stokgolmda bo`lib o`tgan “Insoniyat muhiti” mavzusidagi konferensiyada joriy etilgan.

Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon miqyosida dolzarb bo`lgan ekologik muammolar to`g`risida xalqaro jamoatchilikni xabardor etib, shu muammolarni yechishga dunyo xalqlarini chorlaydi.

Butunjahon atrof-muhit kuni xalqaro miqyosda nishonlanadigan ekologik sanalar orasida mazmuni, mohiyatiga koʻra oʻzgacha ko‘rinish kasb etadi. Ushbu sana yurtimizda ham keng miqyosda nishonlanilib kelinmoqda.

Mazkur sana munosabati bilan yurtdoshlarimizni, hamda barcha ekologlarni “Xavfsiz daryo boshqarmasi”davlat muassasasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz!