Qaror ijrosi ta’minlanmoqda
19/08/2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari belgilash tartibi to‘g‘risida”gi 981-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati Toshkent tabiatni muhofza qilish prokuraturasi tomonidan ishchi guruh tuzilib,Toshkent viloyati Angren, Ohangaron, Piskent tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Sanitariya epedomologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmalari mutaxassis xodimlari bilan bir qatorda “Xavfsiz daryo boshqarmasi”davlat muassasasi mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Toshkent viloyati Angren shahri “Yangiobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Dukent soy soyida ham o‘rganish ishlari olib borilib, soy hududida noqonuniy ravishda joylashgan obyektlarni ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.