Qashqadaryoda noqonuniy faoliyatlarga barham berilmoqda
12/07/2024
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi inspeksiya xodimlari tomonidan noruda materiallarini noqonuniy ravishda qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.
Reyd tadbiri davomida, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Qirqqiz” QFY hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosidan noma’lum shaxslar tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan “Hyundai” rusumli ekskavator hamda “Kamaz” rusumli yuk tashish texnikalari yordamida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini yuklab olish holati aniqlandi
Aniqlangan holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish maqsadida texnikalar jarima maydonchasiga olib kirilib, xolat boʻyicha toʻplangan hujjatlar viloyat Prokuraturasiga topshirildi.