Hurmatli Vatan himoyachilari! Yurtimizning mard va jasur oʻgʻlonlari!
14/01/2025
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi jamoasi sizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar—"Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan samimiy qutlaydi!
Barchangizga mustahkam sog‘liq, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor boʻlsin. Yurtimiz taraqqiyoti va tinchligi yo‘lida amalga oshirayotgan zaxmatli mehnatingiz yo‘lida hamisha sobit qadam bo‘ling!