Samarqandda tadbirkorlik subyektiga uchastka topshirish ishlari olib borildi
18/11/2025
“E-AUKSION” elektron savdo platformasining bayonnomasiga asosan, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi va “Yakdona” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Shoshbuloq” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi 1-va 3- uchastkalarda o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi uchun shartnoma imzolandi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyekti rahbariga mutaxassislar tomonidan, uchastkada faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilish hamda shartnomada ko‘rsatilgan me’yorlardan chetga chiqmaslik to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorga ko‘rsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar va uchastka parametrlarini o‘zida aks ettiruvchi bannerlar o‘rnatildi.