To‘palang va Obizarang daryolarida o‘zan tozalash ishlari o‘rganildi

15/03/2024

2024-yilning 13- mart kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Sariosiyo tumani Prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish Janubiy mintaqaviy inspeksiyasi, Kadastr agentligi, Sariosiyo tumani Soliq inspeksiyasi, Sariosiyo tumani arxitektori va Sariosiyo tumani hokimligi xodimlari hamkorligida Sariosiyo tumani hududidan oqib o‘tuvchi To‘palang va Obizarang daryolari o‘zanidagi uchastkalarda o‘zan tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

Shu jumladan, Sariosiyo tumani A.Navoiy MFY hududiga tutash bo‘lgan aeroportning rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi daryo o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektiga biriktirilgan uchastkaning aeroport hududidan boshqa joyga ko‘chirish masalasi ham mutaxassislar tomonidan joyida muhokama qilindi hamda o‘zan tozalash ishlari monitoringi amalga oshirildi.