Sirdaryo daryosi qirg‘oqbo‘yi mintaqasida yashil nafas

13/05/2025

“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi  Sirdaryo viloyati bo‘linmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumani S.Raximov SIU hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanidagi uchastkalarda qum-shag‘al materiallarini qazib olish  jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablari asosida faoliyat olib borilayotganligi nazorat qilindi.

Xususan, Sirdaryo tumani S.Raximov SIU hududidagi 3-sonli uchastkada  faoliyat olib boruvchi "BARPO MAX TRADE” MChJ  tomonidan loyiha parametrlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilab o‘tilgan talablarga asosan, uchastkaning qirg‘oqbo‘yi mintaqasiga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazilib, “Yashil belbog‘lar” tashkil etildi.