Huquqbuzarga nisbatan 17 million so‘m jarima qo‘llanildi

31/07/2024

Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Namangan viloyati bo‘linmasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan noruda materiallarini noqonuniy ravishda qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida, Namangan viloyati Norin tumani “Qorateri” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosidan shu hududda istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan yuk tashish texnikalari yordamida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini yuklab olish holati aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan qonuniy ravishda jazo ta’sir chorasini qo‘llash maqsadida, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 70-1-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari ya’ni 17 000000 (o‘n yetti million) so‘m miqdorida jarimaga tortildi.