Namangan viloyatida o‘zan tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish ishlari o‘tkazilmoqda.
04/12/2023
Namangan viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryolar o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallari qazib olinadigan 18 ta uchastka “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga joylashtirilgan.
O‘zan tozalash istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga mazkur uchastkalarni tanishtirish maqsadida marketing ishlarini tashkil etish jarayonida Xavfsiz daryo boshqarmasi hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumani “Poromon” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Bekobodsoy soyi qirg‘og‘ida noqonuniy qum-shag‘al materiallarini qazib olish holati aniqlandi.
Huquqbuzarning faoliyatiga qonuniy baho berish uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari jalb qilindi.
Aniqlanishicha, huquqbuzar “DOSTONBEK MAMADALIYEV” MChJ mas’ul xodimlari uchastkaga tutash bo‘lgan soyning qirg‘oq bo‘yi mintaqasidan xavfsizlik talablariga zid ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Tadbirkorlik subyektiga kelgusida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanmay, aksincha, auksion savdolariga chiqarilgan uchastkalarda loyihani amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan holda amaldagi tartib bo‘yicha o‘zan tozalash ishlarini bajarish jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olinishi lozimligi tushuntirildi.