Samarqandda uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi
18/11/2025
“E-AUKSION” elektron savdo platformasining bayonnomasiga asosan, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi va “FUELNOVE” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Shoshbuloq” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi uchastkada o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi uchun shartnoma imzolandi.
O‘z navbatida, realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorga ko‘rsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar va uchastka parametrlarini o‘zida aks ettiruvchi bannerlar o‘rnatildi.
Holat bo‘yicha, taraflar o‘rtasida uchastka topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirildi.