Ayolga ehtirom - Jamiyatga ehtirom

07/03/2024

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini ayolning mehru-sahovati tufayli o’rganadi. Sharqda ayolga bo‘lgan hurmat, ehtirom qadrlanib kelgan. Dunyoda “muqaddas” degan so‘zga eng munosib zot ham – Ayoldir.

Shuningdek, bugun Xavfsiz daryo boshqarmasida 8-mart “Xalqaro xotin qizlar” bayrami munosabati bilan sohada faoliyat olib borayotgan ayol xodimalar muborakbod etildi.

Munis va muhtarama ayollar !

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan sizga a’lo kayfiyat hamda mustahkam sog‘liq tilab qolamiz. Bahoriy iliqlik qalbingizni tark etmasin. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, muhtarama opa- singillar !