Norin daryosining sel-suv toshqini mavsumiga tayyorligi o‘rganildi.
15/12/2023
Joriy yilning 14-dekabr kuni Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi hamda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Namangan viloyat bo‘linmasi xodimlari hamkorligida daryolar o‘zanlarini sel-toshqin mavsumiga tayyorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida Namangan viloyatining Uychi, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosidan toshqin suvlarini o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qirg‘oqlar yuvilishini hamda qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sel suvlarini o‘tkazish vaqtida daryo qirg‘og‘ini yuvilish ehtimoli yuqori bo‘lgan uchastkalarida qirg‘oqni mustahkamlash uchun harsang tosh va yirik siniq beton bo‘laklari zaxirasi yaratilganligiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki bozorni qum-shag‘al materiallari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 9-iyuldagi PQ-3841-son qarori talablari asosida Ishchi guruh tomonidan daryo o‘zanida to‘planib qolgan va suv oqimiga halaqit beradigan tozalanishi lozim bo‘lgan uchastkalar o‘rganilgan holda ro‘yxati shakllantirilib, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi.